ABKFURNITURE STUDIOBAZIS Studio’ni ochish ↗
MEBEL LOYIHALARI UCHUN ONLAYN PLATFORMA

ABK FURNITURE STUDIO

Loyihadan ishlab chiqarishgacha — mebel konstruktori, usta va mijozni bir loyiha atrofida birlashtiradigan ish muhiti.

ABK Furniture Studio BAZIS-Mebelshchik’da tayyorlangan mebel loyihalarini brauzerda ko‘rish, mijozga taqdim etish va ishlab chiqarish hujjatlarini tayyorlash uchun yaratilgan. Kompyuterda ishlang, model havolasini telefonda oching.

Bir loyiha. Kerakli ish qurollari bir joyda.

BAZIS va interaktiv 3D

Mebel modelini aylantiring, o‘lchamlarini ko‘ring, ichki tuzilishini tekshiring. Modelni havola orqali mijozga yuboring.

Chertyoj va PDF

Umumiy ko‘rinish, bloklar, detallar va furnitura ro‘yxatini ko‘ring. Avto chertyoj va qo‘lda joylashtiriladigan loyiha hisobotidan foydalaning.

Smeta

Material va furnitura narxlarini kiriting, loyiha xarajatlarini hisoblang. Ishlab chiqarish xizmatlarini alohida hisobga oling.

Kroy

List o‘lchami, material, kesish qalinligi va tekstura yo‘nalishini sozlang. Detallarni listlarga joylashtiring va kesish xaritalarini tayyorlang.

Prisadka va ishlab chiqarish

Import qilingan teshik ma’lumotlari, koordinatalar, kromka va detallarni tekshiring. Ishlab chiqarish uchun PDF hujjatlarni chiqaring.

Upakovka

Vazn chegarasini belgilang, detallarni paketlarga taqsimlang. Joylashuvni ko‘ring va har bir paketning ro‘yxatini tayyorlang.

Qanday boshlanadi?

  1. Platformani oching va mebel loyihangizni tanlang.
  2. 3D model, materiallar, detallar va o‘lchamlarni tekshiring.
  3. Kerakli chertyoj, smeta yoki ishlab chiqarish hujjatini tayyorlang.

BAZIS ma’lumotlarini batafsil uzatish uchun ExportExact.js orqali olingan .exact.json formatidan foydalanish mumkin. Platformada .b3d, .glb / .gltf, .obj va .wrl fayllarini ochish imkoniyatlari ham bor. Import natijasi faylda mavjud ma’lumotlarga bog‘liq.

ABK MEBEL bilan bog‘lanish

Platforma, loyihalar va obuna bo‘yicha savollar uchun Telegram’da @abkmebel profiliga yozing.

Telegram’da bog‘lanish